
UProject — O‘zbekistonda IT xizmatlari uchun ishonchli hamkor
Biz sizning biznesingizga moslashtirilgan CRM tizimlari, e-commerce saytlar, mobil ilovalar va Telegram botlarni zamonaviy dizayn va ishonchli texnologiyalar asosida yaratamiz
- Savdo CRM
- Ishlab chiqarish CRM
- Xizmat ko'rsatish CRM
- Savdo va Xizmat CRM
- Landing page
- Mini app botlar
- SEO optimallash
- Startup dasturlar
- Chatbot
- Mobil ilovalar
- Online do'kon
- CRM tizimlari
- AI Analytics
- Standart botlar
- Korporativ sayt
Biz haqimizda
UProject — bu zamonaviy IT echimlar markazi. Kompaniyamiz 2025-yil tashkil etilgan.
Bizning maqsadimiz — mijozlarimizga yuqori sifatli, innovatsion va qulay raqamli xizmatlar taqdim etishdir. CRM tizimlari, e-commerce platformalar, mobil ilovalar, Telegram botlar, landing va korporativ veb-saytlar yaratishda tajribamiz bor.
UProject — sizning biznesingizni raqamli bosqichga olib chiqish uchun eng to‘g‘ri tanlov. Biz texnologiyani inson ehtiyojlariga moslashtiramiz.



Xizmatlar
Biznes uchun IT xizmatlari
UProject — Toshkentdagi IT kompaniya. Biznesingizga kerak bo'ladigan IT xizmatlarini bir joyda taqdim etamiz: sayt yaratish, Telegram bot yaratish, mobil ilova yaratish, CRM va biznes tizimlari, biznes uchun sun'iy intellekt va SEO xizmati.
Xizmatlarimiz kichik va o'rta biznes, yirik kompaniyalar va startaplar uchun. Har bir loyihani vazifangizdan boshlaymiz: maqsadni aniqlaymiz, narx va muddatni ish boshlanishidan oldin kelishamiz, ishga tushgandan keyin esa texnik yordam beramiz.
Sayt yaratish
Landing page, korporativ sayt va onlayn do'kondan murakkab veb-platformalargacha.
Telegram botlar
Biznesni avtomatlashtirish uchun standart botlar, mini-ilovalar va AI chatbotlar.
Mobil va desktop ilovalar
iOS, Android va desktop uchun katalog, onlayn do'kon va korporativ tizim ilovalar.
SEO va Daromad Oshirish
Google/Yandexda yuqori o'rin, maqsadli reklama va Google Business optimizatsiyasi.
CRM va biznes tizimlari
Murakkab veb-tizimlar, CRM platformalar va startup dasturlarni zamonaviy texnologiyalar bilan.
Sun'iy intellekt
AI yordamida ma'lumot tahlili, jarayon avtomatizatsiyasi va aqlli qarorlar qabul qilish.
Tanish holatmi?
Bu muammolar sizga tanishmi?
Tadbirkorlar bizga ko'pincha aynan shu gaplar bilan keladi. Yaxshi xabar: bularning har biri hal qilinadi.
Sayt bor, lekin ariza kelmaydi
Odamlar kiradi, qaraydi va hech narsa qilmay chiqib ketadi.
Dasturchi yarim yo'lda g'oyib bo'ldi
Oldindan to'lov olindi, ish esa tugallanmay qoldi.
Sayt sekin ochiladi, Google'da ko'rinmaydi
Mijoz kutib o'tirmaydi, qidiruvda esa sizdan oldin raqobatchilar chiqadi.
Telefonda sayt buzilib ko'rinadi
Matn sig'maydi, tugmalar bosilmaydi — mijoz chiqib ketadi.
Arizalar yo'qolib ketadi
Hech kim qayta qo'ng'iroq qilmaydi — mijoz esa boshqa joydan xarid qiladi.
Har kichik o'zgarish uchun qayta pul so'rashadi
Topshirgandan keyin bitta matnni almashtirish ham alohida xizmatga aylanadi.
Farqi nimada
Shablon va frilanserdan farqimiz
Tayyor shablon yoki tanish frilanser boshida arzon ko'rinadi. Farq keyinroq — muddatda, sifatda va topshirgandan keyingi javobgarlikda bilinadi.
Shablon sayt / frilanser
Dizayn
Tayyor shablon — raqobatchilaringiz saytiga o'xshab ketadi
Muddat
Muddat cho'zilaveradi, har safar «ertaga» degan javob
Topshirgandan keyin
Loyiha topshirildi — dasturchi g'oyib bo'ldi
Sifat va tezlik
Sekin ochiladi, telefonda buzilib ko'rinadi
Arizalar
Arizalar pochta va chatlarda yo'qolib ketadi
Narx
Ish jarayonida kutilmagan qo'shimcha to'lovlar chiqadi
UProject
Dizayn
Biznesingiz va mijozlaringiz uchun alohida chizilgan dizayn
Muddat
Muddat oldindan kelishiladi, kechiksak — chegirma qilamiz
Topshirgandan keyin
Ishga tushgandan keyin bepul texnik yordam va xatolarni tuzatish
Sifat va tezlik
Barcha qurilmalarga moslashgan va tez ishlaydi; saytlarda SEO asoslari birinchi kundan
Arizalar
Har bir ariza darhol Telegram yoki CRM tizimingizga tushadi
Narx
Narx oldindan kelishiladi, to'lov 50/50: yarmi boshida, yarmi topshirganda
Portfolio
Barchasini ko'rishMijozlarimiz va hamkorlarimiz
Tez-tez so'raladigan savollar
Sizning kompaniyangiz qaysi xizmatlarni taklif qiladi?
Biz veb sayt, online magazin, biznesni avtomatlashtiruvchi dasturlar, mobil ilovalar, CRM dasturlar xizmatlarini taqdim etamiz va tadbirkorlarni muammolarini IT orqali hal qilamiz.
Tayyor sayt yoki tizim qancha vaqtda ishlab chiqiladi?
Loyiha murakkabligiga qarab vaqt belgilanadi. Bir sahifali veb sayt(Landing)lar odatda 5–7 kun ichida, murakkabroq korporativ yoki online magazin loyihalari esa 2–4 hafta davomida tayyorlanadi.
Sayt va tizimlaringiz mobil qurilmalarda ham to‘g‘ri ishlaydimi?
Ha, barcha loyihalarimiz responsiv dizayn asosida ishlab chiqiladi. Bu degani sayt kompyuterda, planshet va telefonlarda qulay ishlaydi.
Tayyor bo‘lgan sayt yoki tizim uchun qo‘llab-quvvatlash xizmati ham bormi?
Albatta. Biz mijozlarga texnik qo‘llab-quvvatlash, yangilash, xavfsizlik nazorati va muntazam monitoring xizmatlarini taqdim etamiz.
To‘lov qanday amalga oshiriladi?
Loyiha boshlanganida 50% to‘lov qilinadi, qolgan 50% esa loyiha tugallangandan so‘ng amalga oshiriladi.
Loyihani boshlash uchun nimalar kerak bo‘ladi?
Sizdan biznesingiz haqida qisqacha ma’lumot, logotip va agar mavjud bo‘lsa, brending materiallari talab qilinadi. Qolgan texnik va dizayn ishlarini biz o‘z zimmamizga olamiz.
Biz bilan bog'laning
G‘oyangizni bizga ayting — biz uni reallikka aylantirishga yordam beramiz.
Bog'lanish


