UProject — sayt, CRM, Telegram bot va mobil ilovalar yaratuvchi IT kompaniya

Biz haqimizda — IT kompaniya UProject

Biz sizning biznesingizga moslashtirilgan CRM tizimlari, e-commerce saytlar, mobil ilovalar va Telegram botlarni yaratamiz

Uproject haqida

Uproject — bu zamonaviy raqamli texnologiyalar asosida ishlab chiqilgan, foydalanuvchi tajribasiga yo‘naltirilgan web va mobil echimlar ishlab chiquvchi jamoa. Bizning maqsadimiz — murakkab jarayonlarni soddalashtirish, foydalanuvchiga qulay interfeyslar yaratish va raqamli dunyoni yanada yaqinlashtirish.

Har bir loyiha biz uchun — yangi imkoniyat. Jamoamiz nafaqat dizayn va funksionallikka, balki muammoga real yechim topishga ham intiladi. Uproject — bu shunchaki kod emas, balki foydalanuvchiga foyda keltiradigan yechim.

Zamonaviy biznes markazi binosi

Bizning missiyamiz

Bizning asosiy missiyamiz - O‘zbekistonda va undan tashqarida faoliyat yuritayotgan bizneslar uchun raqamli texnologiyalar orqali sifatli xizmat ko‘rsatish. Har bir loyiha orqali biz hayotni yengillashtirish, vaqtni tejash va qulaylik yaratishga intilamiz.

Nega aynan biz?

Innovatsion yondashuv

Barcha loyihalarimiz zamonaviy texnologiyalar va yuqori sifat standartlariga mos keladi

Tezkor ishlab chiqish

Loyihalarni tezkor va samarali yakunlash uchun optimallashtirilgan ish jarayoni

Mijozga Yo‘naltirilganlik

Biz uchun eng muhimi sizning ishonchingiz. Har bir qaror sizning ehtiyojlaringiz asosida qilinadi

Professional jamoa

Uzoq yillik tajribaga ega jamoa bilan barqaror, xavfsiz va kengaytiriladigan tizimlar yaratamiz

Bizning jamoa

Boburmirzo Negmatov

Boburmirzo Negmatov

CTO | Jamoa rahbari

Tez-tez so'raladigan savollar

Sizning kompaniyangiz qaysi xizmatlarni taklif qiladi?

Biz veb sayt, online magazin, biznesni avtomatlashtiruvchi dasturlar, mobil ilovalar, CRM dasturlar xizmatlarini taqdim etamiz va tadbirkorlarni muammolarini IT orqali hal qilamiz.

Tayyor sayt yoki tizim qancha vaqtda ishlab chiqiladi?

Loyiha murakkabligiga qarab vaqt belgilanadi. Bir sahifali veb sayt(Landing)lar odatda 5–7 kun ichida, murakkabroq korporativ yoki online magazin loyihalari esa 2–4 hafta davomida tayyorlanadi.

Sayt va tizimlaringiz mobil qurilmalarda ham to‘g‘ri ishlaydimi?

Ha, barcha loyihalarimiz responsiv dizayn asosida ishlab chiqiladi. Bu degani sayt kompyuterda, planshet va telefonlarda qulay ishlaydi.

Tayyor bo‘lgan sayt yoki tizim uchun qo‘llab-quvvatlash xizmati ham bormi?

Albatta. Biz mijozlarga texnik qo‘llab-quvvatlash, yangilash, xavfsizlik nazorati va muntazam monitoring xizmatlarini taqdim etamiz.

To‘lov qanday amalga oshiriladi?

Loyiha boshlanganida 50% to‘lov qilinadi, qolgan 50% esa loyiha tugallangandan so‘ng amalga oshiriladi.

Loyihani boshlash uchun nimalar kerak bo‘ladi?

Sizdan biznesingiz haqida qisqacha ma’lumot, logotip va agar mavjud bo‘lsa, brending materiallari talab qilinadi. Qolgan texnik va dizayn ishlarini biz o‘z zimmamizga olamiz.

Biz bilan bog'laning

G‘oyangizni bizga ayting — biz uni reallikka aylantirishga yordam beramiz.

Bog'lanish