UProject — sayt, CRM, Telegram bot va mobil ilovalar yaratuvchi IT kompaniya

Mobil ilova yaratish va desktop dasturlar

Android va iOS uchun ilova: mijozlaringiz telefonidan buyurtma beradi, siz esa ularga to'g'ridan-to'g'ri xabar yuborasiz.

Narxni hisoblash
  • 24/7 aloqa
  • Muddat kafolati
  • 50/50 to'lov

Xizmat haqida

Biznes uchun mobil ilova nima?

Android va iOS platformalari uchun zamonaviy mobil ilovalar yaratamiz — qulay interfeys, tez ishlash va biznesingiz ehtiyojlariga mos funksionallik bilan.

Mobil ilova — mijozingiz telefoniga o'rnatiladigan va doim qo'l ostida turadigan dastur. U orqali mijoz mahsulot yoki xizmatni tanlaydi, buyurtma beradi va uning holatini kuzatadi.

Ilovaning eng katta kuchi — to'g'ridan-to'g'ri aloqa. Push-xabar orqali aksiya yoki eslatmani mijoz ekraniga reklama uchun alohida pul to'lamasdan yetkazasiz. Muntazam qaytib keladigan mijozlar uchun bu eng qulay kanal.

UI/UX dizayn, backend bilan integratsiya, testlash hamda App Store va Google Play'ga joylashni to'liq o'z zimmamizga olamiz.

Kimlar uchun?

  • Doimiy mijozlari ko'p bo'lgan do'kon, kafe va xizmatlar
  • Yetkazib berish va buyurtma xizmatlari
  • Mijoz kabineti kerak bo'lgan kompaniyalar
  • O'z g'oyasini ilova sifatida ishga tushirayotgan startaplar

Nega kerak

Nega aynan mobil ilova?

Sayt — birinchi tanishuv uchun, ilova — mijozni doimiy qilish uchun.

  • Doim mijoz telefonida

    Ilova belgisi ekranda turadi — mijoz sizni qidirib o'tirmaydi, bir bosishda qaytadi.

  • Push-xabarlar

    Aksiya, yangi mahsulot yoki buyurtma holatini mijozga to'g'ridan-to'g'ri yuborasiz.

  • Shaxsiy kabinet

    Ro'yxatdan o'tish, profil va buyurtmalar tarixi — mijoz o'z ma'lumotlarini qayta kiritmaydi.

  • Do'konlarga joylash

    Ilovani App Store va Google Play'ga o'zimiz joylaymiz — sizga faqat natijani tekshirish qoladi.

«Saytimiz bor-ku, ilova nima uchun?»

Sayt yangi mijozlarni jalb qilish uchun zo'r. Lekin bir marta xarid qilgan odam saytni qayta qidirib o'tirmaydi. Ilova esa uning telefonida qoladi va push-xabar orqali uni qaytaradi. Mijozlaringiz sizdan muntazam xarid qilsa, ilova ularni ushlab qolishning eng qulay yo'li.

Tanish holatmi?

Bu muammolar sizga tanishmi?

Tadbirkorlar bizga ko'pincha aynan shu gaplar bilan keladi. Yaxshi xabar: bularning har biri hal qilinadi.

  • Mijoz bir marta xarid qiladi va yo'qoladi

    U bilan qayta aloqa qilish uchun yana reklamaga pul to'laysiz.

  • Aksiyalaringiz mijozga yetib bormaydi

    SMS o'qilmaydi, ijtimoiy tarmoqdagi post esa lentada ko'rinmay qoladi.

  • Buyurtma telefon orqali qabul qilinadi

    Liniya band, operator xato yozadi, mijoz kutib charchaydi.

  • Android va iOS uchun ikki marta xarajat

    Har bir platforma uchun alohida ishlab chiqish budjetni ko'paytiradi.

  • Ilova tayyor, lekin do'konga chiqmayapti

    App Store va Google Play talablari tufayli nashr haftalab cho'ziladi.

  • Ilova sekin ishlaydi va tez-tez qotadi

    Yomon baholar ko'payadi va foydalanuvchilar ilovani o'chirib yuboradi.

Farqi nimada

Shablon va frilanserdan farqimiz

Tayyor shablon yoki tanish frilanser boshida arzon ko'rinadi. Farq keyinroq — muddatda, sifatda va topshirgandan keyingi javobgarlikda bilinadi.

Shablon sayt / frilanser

  • Dizayn

    Tayyor shablon — raqobatchilaringiz saytiga o'xshab ketadi

  • Muddat

    Muddat cho'zilaveradi, har safar «ertaga» degan javob

  • Topshirgandan keyin

    Loyiha topshirildi — dasturchi g'oyib bo'ldi

  • Sifat va tezlik

    Sekin ochiladi, telefonda buzilib ko'rinadi

  • Arizalar

    Arizalar pochta va chatlarda yo'qolib ketadi

  • Narx

    Ish jarayonida kutilmagan qo'shimcha to'lovlar chiqadi

UProject

  • Dizayn

    Biznesingiz va mijozlaringiz uchun alohida chizilgan dizayn

  • Muddat

    Muddat oldindan kelishiladi, kechiksak — chegirma qilamiz

  • Topshirgandan keyin

    Ishga tushgandan keyin bepul texnik yordam va xatolarni tuzatish

  • Sifat va tezlik

    Barcha qurilmalarga moslashgan va tez ishlaydi; saytlarda SEO asoslari birinchi kundan

  • Arizalar

    Har bir ariza darhol Telegram yoki CRM tizimingizga tushadi

  • Narx

    Narx oldindan kelishiladi, to'lov 50/50: yarmi boshida, yarmi topshirganda

Faktlar

Raqamlar o'zi gapiradi

Faqat tekshirsa bo'ladigan raqamlar: portfoliomiz, xizmatlarimiz va hamkorlarimiz.

Portfoliodagi loyihalar
5
Xizmat turlari
11
Hamkor kompaniyalar
4
Aloqadamiz — kunu tun
24/7

Bizga ishonganlar

  • U Study
  • UZINFOCOM
  • Domani Architects
  • Sector Technology

Nega UProject

Nega aynan biz?

  • Har loyihaga alohida yondashuv

    Tayyor shablon emas: avval biznesingiz va mijozlaringizni o'rganamiz, keyin aynan ular uchun yechim loyihalaymiz.

  • Aniq va tez muddatlar

    Landing page odatda 5–7 kunda, korporativ sayt va online do'kon 2–4 haftada tayyor bo'ladi. Muddat ish boshlanishidan oldin kelishiladi.

  • 24/7 aloqadamiz

    Savolingiz bo'lsa, kechasi ham, dam olish kuni ham yozing yoki qo'ng'iroq qiling — javobsiz qolmaysiz.

  • Topshirgandan keyin ham yoningizdamiz

    Uzinfocom tarkibidagi ishonchli hamkorlardan birimiz. Ishga tushgandan keyin texnik yordam, yangilash va xavfsizlik nazoratini ham o'z zimmamizga olamiz.

Kafolat

So'z emas — kafolat

Ish sifatiga ishonganimiz uchun uchta aniq kafolat beramiz.

  • Muddat kafolati

    Kelishilgan muddatdan kechiksak, loyiha narxidan chegirma qilamiz.

  • Bepul texnik yordam

    Ishga tushgandan keyin texnik yordam va topilgan xatolarni tuzatish — bepul.

  • Dizayn yoqmasa — pul qaytadi

    Dizayn bosqichida dizaynni tasdiqlamasangiz, oldindan to'lagan pulingizni qaytarib beramiz.

Savol-javob

Mobil ilovalar: ko'p beriladigan savollar

Mobil ilova narxi qancha?

Tariflar 15,000,000 so'mdan 45,000,000 so'mgacha. Narx platformalar soniga (Android, iOS yoki ikkalasi), to'lov, xarita va geolokatsiya kabi funksiyalarga hamda integratsiyalarga bog'liq. Kalkulyatorda taxminiy narxni ko'rishingiz mumkin.

Android va iOS uchun alohida ilova qilinadimi?

Standart tarif bitta platformani o'z ichiga oladi. Premium tarifda cross-platform ilova yaratamiz: bitta ilova Android'da ham, iOS'da ham ishlaydi.

Ilovani App Store va Google Play'ga kim joylaydi?

Biz. Testlash va do'konlarga joylash barcha tariflarga kiradi.

Mobil ilova qancha vaqtda tayyor bo'ladi?

Muddat funksiyalar va platformalar soniga bog'liq. Brifingdan keyin har bir bosqich muddatini aniq kelishamiz — kechiksak, muddat kafolatiga ko'ra chegirma qilamiz.

To'lov qanday amalga oshiriladi?

Ish boshlanganda 50%, ilova topshirilgandan keyin qolgan 50%. Dizayn bosqichida dizaynni tasdiqlamasangiz, oldindan to'lov qaytariladi.

Biz bilan bog'laning

G‘oyangizni bizga ayting — biz uni reallikka aylantirishga yordam beramiz.

Bog'lanish