
Toshkentda sayt yaratish
Landing page, korporativ sayt yoki online do'kon — biznesingizga moslab, aniq muddat va oldindan kelishilgan narx bilan veb sayt yaratamiz.
- 24/7 aloqa
- Muddat kafolati
- 50/50 to'lov
Xizmat haqida
Landing page nima?
Bitta sahifadan iborat, mahsulot yoki xizmatni tez va samarali taqdim etuvchi, mijozni harakatga undovchi zamonaviy veb-sahifa yaratamiz.
Landing page — bitta mahsulot yoki xizmatga bag'ishlangan, bitta sahifadan iborat sayt. Unda ortiqcha menyu va chalg'ituvchi bo'limlar yo'q: mijoz taklifni o'qiydi, afzalliklarni ko'radi va ariza qoldiradi.
Oddiy saytda mijoz o'nlab sahifa orasida adashib qolishi mumkin. Landing esa uni qadamma-qadam bitta harakatga olib boradi — qo'ng'iroq, ariza yoki buyurtma. Shuning uchun Instagram, Telegram yoki Google reklamasidan kelgan odamlarni qabul qilish uchun eng samarali sahifa aynan shu.
Landing page yaratishda sahifa tuzilmasi, dizayn va ariza formasini birga o'ylab chiqamiz. Har bir yangi ariza darhol Telegram'ingizga keladi — birortasi ham yo'qolmaydi.
Kimlar uchun?
- Instagram, Telegram yoki Google'da reklama berayotgan bizneslar
- Yangi mahsulot yoki xizmatni tez sinab ko'rmoqchi bo'lganlar
- Kurs, tadbir yoki aksiyaga ro'yxat yig'ayotganlar
- Hozircha katta saytga ehtiyoji yo'q kichik biznes
Nega kerak
Nega aynan landing page?
Reklamaga pul sarflayapsizmi? Unda o'sha pul ariza bo'lib qaytishi kerak. Landing aynan shu uchun yaratiladi.
Reklama pulini arizaga aylantiradi
Bitta sahifa, bitta maqsad: mijozning e'tibori chalg'imaydi, reklamadan kelgan odam ariza qoldirishi osonlashadi.
Taklifingiz bir necha soniyada tushuniladi
Birinchi ekrandayoq mijoz nima taklif qilayotganingizni va nega aynan sizni tanlashi kerakligini ko'radi.
Har bir ariza Telegram'ingizga keladi
Forma to'ldirilishi bilan xabar darhol sizga yoki menejeringizga tushadi. Ariza pochtada yotib qolmaydi.
Tez ishga tushadi
Odatda 5–7 kunda tayyor — reklamani uzoq kechiktirmasdan mijoz qabul qilishni boshlaysiz.
«Instagram sahifam bor, yana sayt nima uchun kerak?»
Instagram tanishish uchun yaxshi, lekin u yerda taklifingiz lentada yo'qolib ketadi, mijoz esa har savolni direktda so'rashi kerak. Landing page reklamadan kelgan odamga hamma javobni bitta sahifada beradi va arizani darhol sizga yuboradi. Ko'p bizneslar ikkalasini birga ishlatadi: Instagram — ishonch uchun, landing — sotuv uchun.
Tanish holatmi?
Bu muammolar sizga tanishmi?
Tadbirkorlar bizga ko'pincha aynan shu gaplar bilan keladi. Yaxshi xabar: bularning har biri hal qilinadi.
Reklamaga pul ketyapti, ariza esa kam
Reklama odamni Instagram profilga yoki chalkash saytga olib boradi va u yerda mijoz adashib qoladi.
Mijoz har safar narxni direktda so'raydi
Bir xil savollarga kun bo'yi javob yozasiz, javob kechiksa — mijoz raqobatchiga o'tib ketadi.
Sayt bor, lekin undan foyda yo'q
Sahifa bor-u, undan kelgan so'nggi arizani eslay olmaysiz.
Telefonda sahifa qiyshiq ochiladi
Mijozlarning aksariyati telefondan kiradi — tugma ko'rinmasa, ariza ham bo'lmaydi.
Arizalar yo'qolib ketadi
Forma pochtaga tushadi, kimdir ko'rmay qoladi va mijozga hech kim qayta qo'ng'iroq qilmaydi.
Sayt tayyorlash oylab cho'zilyapti
Reklamani boshlash kerak, dasturchi esa «yana bir hafta» deyaveradi.
Xizmat haqida
Online do'kon nima?
To'liq funksional onlayn do'kon: mahsulot katalogi, savat, onlayn to'lov va buyurtmalarni boshqarish tizimi bilan jihozlangan veb-sayt yaratamiz.
Online do'kon — mahsulotlaringiz narxi, rasmi va tavsifi bilan joylashgan, mijoz o'zi tanlab, savatga solib buyurtma beradigan sayt. U sotuvchi dam olayotgan paytda ham ishlayveradi.
Telegram yoki Instagram'da sotishda har bir mijozga narxni qayta-qayta yozasiz, buyurtmalar esa chatlar orasida yo'qoladi. Online do'konda buyurtma, to'lov va mijoz ma'lumoti avtomatik ravishda bitta joyga yig'iladi.
Online do'kon yaratishda katalogni qulay tuzamiz, qidiruv va filtrlarni sozlaymiz, to'lov tizimlari va yetkazib berish usullarini ulaymiz. Premium tarifda mahsulotlarni Excel orqali ommaviy yuklash ham mumkin.
Kimlar uchun?
- Instagram yoki Telegram orqali sotayotgan do'konlar
- Ko'p mahsulotli ulgurji va chakana savdo
- Do'koni bor, lekin onlayn sotuvni boshlamoqchi bo'lganlar
- O'z brendini yaratayotgan ishlab chiqaruvchilar
Nega kerak
Nega aynan online do'kon?
Mijozlar allaqachon internetdan xarid qilishga o'rgangan. Savol faqat bitta — ular sizdan xarid qiladimi yoki raqobatchingizdan.
24/7 sotuv
Do'kon yopiq bo'lsa ham, menejer uxlayotgan bo'lsa ham, mijoz buyurtma bera oladi.
Narx so'rab yozishlar kamayadi
Har bir mahsulotning narxi, rasmi va tavsifi saytda — mijoz o'zi tanlaydi.
Onlayn to'lov va yetkazish
Mijoz saytning o'zida to'laydi va o'ziga qulay yetkazish usulini tanlaydi.
Buyurtmalar bitta joyda
Har bir buyurtma, mijoz va to'lov admin panelda ko'rinadi — daftar va chatlar kerak emas.
«Telegram va Instagram'da sotyapman-ku, yana do'kon nima uchun?»
Ijtimoiy tarmoqlar mijoz topish uchun zo'r, lekin u yerda har bir buyurtma — qo'lda yozishma. Mahsulot ko'paygan sari menejer ulgurmay qoladi, buyurtmalar yo'qoladi. Online do'kon shu ishni o'zi bajaradi: Instagram va Telegram'dan kelgan mijozni saytga yo'naltirasiz, u o'zi tanlaydi va buyurtma beradi.
Tanish holatmi?
Bu muammolar sizga tanishmi?
Tadbirkorlar bizga ko'pincha aynan shu gaplar bilan keladi. Yaxshi xabar: bularning har biri hal qilinadi.
Har bir mijozga narxni qayta yozasiz
Kun bo'yi direktda bir xil savol: «narxi qancha?», «bormi?», «yetkazib berasizmi?».
Buyurtmalar chatlarda yo'qoladi
Qaysi mijoz nima buyurtma qilgani, kim to'lagani — hammasi yozishmalar orasida.
Kechasi kelgan mijoz ertalabgacha kutmaydi
Javob berilmagan savol — raqobatchiga o'tib ketgan xaridor.
Aksiya va chegirma e'lon qilish qiyin
Chegirmani har bir mijozga alohida tushuntirasiz, hisob-kitobda esa adashish oson.
Mahsulot ko'paysa, tartib yo'qoladi
Yuzlab mahsulotning rasmi va narxini qo'lda yangilash haftalab vaqt oladi.
Onlayn to'lov yo'q
Mijoz o'tkazma qilishga qiynaladi va xariddan voz kechadi.
Xizmat haqida
Korporativ sayt nima?
Kompaniyangiz obro'si va professional qiyofasini aks ettiruvchi, mijozlar ishonchini qozonuvchi zamonaviy korporativ veb-sayt ishlab chiqamiz.
Korporativ sayt — kompaniyangizning internetdagi rasmiy vakili. Unda kimligingiz, qanday xizmatlar ko'rsatishingiz, qanday loyihalar qilganingiz va siz bilan qanday bog'lanish mumkinligi to'liq yoziladi.
Yirik mijoz yoki hamkor siz bilan ishlashdan oldin albatta saytingizni ochib ko'radi. Sayt bo'lmasa yoki eskirgan bo'lsa, u sizni jiddiy kompaniya deb qabul qilmasligi mumkin. Yaxshi korporativ sayt esa ishonchni birinchi tashrifdanoq shakllantiradi.
Korporativ sayt yaratishda xizmatlar va mahsulotlar katalogi, blog va admin panelni biznesingizga moslab quramiz — matn va rasmlarni keyin o'zingiz yangilab turasiz.
Kimlar uchun?
- Hamkor va yirik mijozlar bilan ishlaydigan kompaniyalar
- Ko'p xizmat yoki mahsulot turiga ega bizneslar
- Tenderlarda qatnashadigan tashkilotlar
- Federatsiya, uyushma va jamoat tashkilotlari
Nega kerak
Nega aynan korporativ sayt?
Mijoz sizni tanlashdan oldin tekshiradi. Korporativ sayt — shu tekshiruvdan o'tishning eng ishonchli yo'li.
Birinchi tashrifdanoq ishonch
Professional dizayn, aniq ma'lumot va real loyihalar mijozga «bu jiddiy kompaniya» degan taassurot beradi.
Google'da topilasiz
Xizmatlaringizni qidirayotgan odamlar saytingizga to'g'ridan-to'g'ri keladi — SEO asoslari birinchi kundan sozlanadi.
Xizmatlar va mahsulotlar bir joyda
Katalog, sertifikatlar va hujjatlar saytda — menejer ularni har safar alohida yuborishi shart emas.
O'zingiz boshqarasiz
Admin panel orqali yangilik, loyiha va mahsulot qo'shish dasturchisiz, bir necha daqiqada bajariladi.
«Bizga bitta sahifali landing yetmaydimi?»
Landing bitta taklifni sotish uchun yaxshi. Lekin kompaniyangizning bir nechta xizmati, loyihalari va hamkorlari bo'lsa, ularni bitta sahifaga sig'dirib bo'lmaydi. Korporativ sayt har bir xizmatga alohida sahifa beradi — mijoz ham, Google ham sizni to'liq ko'radi.
Tanish holatmi?
Bu muammolar sizga tanishmi?
Tadbirkorlar bizga ko'pincha aynan shu gaplar bilan keladi. Yaxshi xabar: bularning har biri hal qilinadi.
Sayt eskirgan, ochishga uyalasiz
Hamkorga havolani berishdan oldin «u yerda ma'lumotlar eski» deb uzr so'raysiz.
Google'da sizni topib bo'lmaydi
Kompaniya nomini yozishsa ham, birinchi sahifada boshqalar chiqadi.
Har bir mijozga katalogni alohida yuborasiz
Taqdimot, narxnoma va sertifikatlar chatlarda qayta-qayta jo'natiladi.
Saytni o'zingiz yangilay olmaysiz
Bitta yangilik qo'shish uchun ham dasturchini qidirasiz va kutasiz.
Telefonda sayt buzilib ko'rinadi
Matn sig'maydi, tugmalar bosilmaydi — mijoz sahifani yopib chiqib ketadi.
Sayt sekin ochiladi
Sahifa yuklanguncha odam kutmaydi, Google ham sekin saytlarni pastga tushiradi.
Farqi nimada
Shablon va frilanserdan farqimiz
Tayyor shablon yoki tanish frilanser boshida arzon ko'rinadi. Farq keyinroq — muddatda, sifatda va topshirgandan keyingi javobgarlikda bilinadi.
Shablon sayt / frilanser
Dizayn
Tayyor shablon — raqobatchilaringiz saytiga o'xshab ketadi
Muddat
Muddat cho'zilaveradi, har safar «ertaga» degan javob
Topshirgandan keyin
Loyiha topshirildi — dasturchi g'oyib bo'ldi
Sifat va tezlik
Sekin ochiladi, telefonda buzilib ko'rinadi
Arizalar
Arizalar pochta va chatlarda yo'qolib ketadi
Narx
Ish jarayonida kutilmagan qo'shimcha to'lovlar chiqadi
UProject
Dizayn
Biznesingiz va mijozlaringiz uchun alohida chizilgan dizayn
Muddat
Muddat oldindan kelishiladi, kechiksak — chegirma qilamiz
Topshirgandan keyin
Ishga tushgandan keyin bepul texnik yordam va xatolarni tuzatish
Sifat va tezlik
Barcha qurilmalarga moslashgan va tez ishlaydi; saytlarda SEO asoslari birinchi kundan
Arizalar
Har bir ariza darhol Telegram yoki CRM tizimingizga tushadi
Narx
Narx oldindan kelishiladi, to'lov 50/50: yarmi boshida, yarmi topshirganda
Landing page yaratish jarayoni
Brifing
Mahsulot yoki xizmat maqsadi va auditoriyasi aniqlanadi
Tuzilma
Landing page bloklari va matn tarkibi kelishiladi
Dizayn
Konvertatsiyaga yo'naltirilgan dizayn yaratiladi
Dasturlash
Landing page tez yuklanadigan qilib kodlanadi
Integratsiya
CRM, forma va analytics tizimlari ulanadi
Test
Tezlik, mobil moslik va formalar sinovdan o'tkaziladi
Nashr
Landing page domenga joylashtiriladi
Online do'kon yaratish jarayoni
Brifing
Do'kon turi, tovar kategoriyalari va to'lov tizimlari aniqlanadi
Dizayn
Do'kon dizayni va foydalanuvchi tajribasi loyihalanadi
Backend
Mahsulotlar, buyurtmalar va admin panel ishlab chiqiladi
Frontend
Do'kon sahifalari va savat funksiyasi kodlanadi
To'lov tizimi
Payme, Click va boshqa to'lovlar integratsiya qilinadi
Test
Xarid jarayoni va to'lov sinovdan o'tkaziladi
Nashr
Do'kon domenga joylashtiriladi va ishga tushiriladi
Qo'llab-quvvatlash
Tovarlarni boshqarish va texnik xizmat ko'rsatiladi
Korporativ sayt yaratish jarayoni
Brifing
Bu jarayonda mijozimizning korxonasi, muammolari va xohish istaklari o'rganiladi
Tahlil
Bozor va raqobatchilar tahlili o'tkaziladi, texnik topshiriq tuziladi
Dizayn
Saytning prototip va UI/UX dizayni ishlab chiqiladi
Dasturlash
Frontend va backend qismlari kodlanadi va integratsiya qilinadi
Test
Sayt barcha qurilmalar va brauzerlar bo'yicha sinovdan o'tkaziladi
Kontent
Matnlar, rasmlar va multimedia materiallar joylashtiriladi
Topshirish
Tayyor loyiha mijozga taqdim etiladi va qabul qilinadi
Qo'llab-quvvatlash
Loyiha ishga tushirilgach texnik yordam va xizmat ko'rsatiladi
Real loyihalar
Mijozlarimiz uchun qilgan ishlarimiz
Quyidagilar — shu xizmat bo'yicha bajarilgan haqiqiy loyihalar.

Landing page, Telegram bot
Avtokara.uz
Yuk ko'tarish texnikasi ijarasi va sotuvi
Vazifa: Mijoz mahsulotlarini mijozga to'liq tushuntira olmayotgani
Batafsil — Avtokara.uz
Real loyihalar
Mijozlarimiz uchun qilgan ishlarimiz
Quyidagilar — shu xizmat bo'yicha bajarilgan haqiqiy loyihalar.

Korporativ sayt, Telegram bot
Domani Architects
Korporativ sayt, Telegram bot
Vazifa: Mijoz mahsulotlarini mijozga to'liq tushuntira olmayotgani
Batafsil — Domani Architects
Landing page, Telegram bot
Sectortechnology.uz
Texnologik uskunalar yetkazib berish va servis xizmatlari
Vazifa: Uproject Sector Technology uchun zamonaviy va funksional korporativ veb-sayt ishlab chiqdi. Unda: To'liq mahsulot va xizmatlar katalogi, Texnik tavsiflar va sertifikatlar yuklab olish imkoniyati, Qulay navigatsiya va mobil moslashuvchan dizayn, Aloqa formasi va tezkor murojaat tizimi, SEO optimizatsiya va tez yuklanish joriy etildi.
Batafsil — Sectortechnology.uz
Korporativ sayt, Telegram bot
Volleybol.uz
O'zbekiston voleybol federatsiyasining rasmiy axborot sayti
Vazifa: Mijoz mahsulotlarini mijozga to'liq tushuntira olmayotgani
Batafsil — Volleybol.uz
Faktlar
Raqamlar o'zi gapiradi
Faqat tekshirsa bo'ladigan raqamlar: portfoliomiz, xizmatlarimiz va hamkorlarimiz.
- Portfoliodagi loyihalar
- 5
- Xizmat turlari
- 11
- Hamkor kompaniyalar
- 4
- Aloqadamiz — kunu tun
- 24/7
Bizga ishonganlar
Nega UProject
Nega aynan biz?
Har loyihaga alohida yondashuv
Tayyor shablon emas: avval biznesingiz va mijozlaringizni o'rganamiz, keyin aynan ular uchun yechim loyihalaymiz.
Aniq va tez muddatlar
Landing page odatda 5–7 kunda, korporativ sayt va online do'kon 2–4 haftada tayyor bo'ladi. Muddat ish boshlanishidan oldin kelishiladi.
24/7 aloqadamiz
Savolingiz bo'lsa, kechasi ham, dam olish kuni ham yozing yoki qo'ng'iroq qiling — javobsiz qolmaysiz.
Topshirgandan keyin ham yoningizdamiz
Uzinfocom tarkibidagi ishonchli hamkorlardan birimiz. Ishga tushgandan keyin texnik yordam, yangilash va xavfsizlik nazoratini ham o'z zimmamizga olamiz.
Kafolat
So'z emas — kafolat
Ish sifatiga ishonganimiz uchun uchta aniq kafolat beramiz.
Muddat kafolati
Kelishilgan muddatdan kechiksak, loyiha narxidan chegirma qilamiz.
Bepul texnik yordam
Ishga tushgandan keyin texnik yordam va topilgan xatolarni tuzatish — bepul.
Dizayn yoqmasa — pul qaytadi
Dizayn bosqichida dizaynni tasdiqlamasangiz, oldindan to'lagan pulingizni qaytarib beramiz.
Savol-javob
Landing page: ko'p beriladigan savollar
Landing page narxi qancha?
Tariflarimiz 3,000,000 so'mdan boshlanadi va 8,000,000 so'mgacha boradi. Narx bo'limlar soni, animatsiyalar, SEO hajmi va qo'shimcha integratsiyalarga bog'liq. Har bir tarifga nima kirishi narxlar bo'limida yozilgan, kalkulyator esa taxminiy narxni darhol ko'rsatadi.
Landing page necha kunda tayyor bo'ladi?
Odatda 5–7 kunda. Aniq muddatni ishni boshlashdan oldin kelishib olamiz — kechiksak, muddat kafolatiga ko'ra narxdan chegirma qilamiz.
Ishni boshlash uchun mendan nima kerak?
Biznesingiz haqida qisqacha ma'lumot, logotip va bo'lsa, brend materiallari (ranglar, rasmlar). Sahifa tuzilmasi, dizayn va texnik ishlarni biz o'z zimmamizga olamiz.
To'lov qanday amalga oshiriladi?
Ish boshlanganda 50%, landing tayyor bo'lib topshirilgandan keyin qolgan 50% to'lanadi. Dizayn bosqichida dizaynni tasdiqlamasangiz, oldindan to'lov qaytariladi.
Landing telefonda to'g'ri ochiladimi?
Ha. Har bir landing telefon, planshet va kompyuter uchun moslab yasaladi. Mijozlaringizning aksariyati aynan telefondan kiradi, shuning uchun mobil ko'rinishga alohida e'tibor beramiz.
Topshirgandan keyin ham yordam berasizmi?
Ha. Har bir tarifga texnik yordam muddati kiradi, undan keyin ham xizmat ko'rsatishni davom ettiramiz: o'zgartirishlar, yangilash va xavfsizlik nazorati.
Savol-javob
Online do'kon: ko'p beriladigan savollar
Online do'kon yaratish narxi qancha?
Tariflar 15,000,000 so'mdan 40,000,000 so'mgacha. Narx mahsulotlar soniga, to'lov va yetkazib berish integratsiyalariga, mijoz kabineti kabi qo'shimcha funksiyalarga bog'liq. Kalkulyatorda tarifni tanlab, taxminiy narxni darhol ko'rishingiz mumkin.
Online do'kon necha kunda tayyor bo'ladi?
Odatda 2–4 haftada. Mahsulotlar soni va kerakli integratsiyalarga qarab aniq muddat ish boshlanishidan oldin kelishiladi.
Mahsulotlarni kim joylaydi?
Tuzilmani va birinchi mahsulotlarni biz sozlab beramiz, keyin mahsulot qo'shish va narxlarni o'zgartirishni admin paneldan o'zingiz qilasiz. Premium tarifda mahsulotlarni Excel orqali ommaviy yuklash imkoniyati bor.
Onlayn to'lovni ulash mumkinmi?
Ha. Premium tarifga 3 tagacha to'lov tizimi integratsiyasi va yetkazib berish usullarini sozlash kiradi. Qaysi to'lov tizimlari kerakligini brifingda birga tanlaymiz.
To'lov qanday amalga oshiriladi?
Ish boshlanganda 50%, do'kon ishga tushirilib topshirilgandan keyin qolgan 50%. Dizaynni tasdiqlamasangiz, oldindan to'lov qaytariladi.
Savol-javob
Korporativ sayt: ko'p beriladigan savollar
Korporativ sayt yaratish narxi qancha?
Tariflar 8,000,000 so'mdan 25,000,000 so'mgacha. Narx sahifalar soniga, katalog va blog kerakligiga, boshqa tizimlar bilan integratsiyaga bog'liq. Kalkulyatorda taxminiy narxni hoziroq ko'rishingiz mumkin.
Korporativ sayt qancha vaqtda tayyor bo'ladi?
Odatda 2–4 haftada. Sahifalar soni va funksiyalarga qarab aniq muddatni ish boshlanishidan oldin kelishamiz.
Saytni keyin o'zim yangilay olamanmi?
Ha. Premium tarifdan boshlab kontent menejment tizimi (CMS) va admin panel kiradi: yangilik, loyiha va mahsulotlarni o'zingiz qo'shasiz. Qanday ishlashni ham ko'rsatib beramiz.
Ishni boshlash uchun nima kerak?
Kompaniya haqida qisqacha ma'lumot, logotip, bo'lsa brend materiallari va xizmatlaringiz ro'yxati. Tuzilma, dizayn va dasturlashni biz bajaramiz, Premium tarifda kontent tayyorlashda ham yordam beramiz.
To'lov qanday amalga oshiriladi?
Ish boshlanganda 50%, sayt topshirilgandan keyin qolgan 50%. Dizayn bosqichida dizaynni tasdiqlamasangiz, oldindan to'lov qaytariladi.
Biz bilan bog'laning
G‘oyangizni bizga ayting — biz uni reallikka aylantirishga yordam beramiz.
Bog'lanish